2021 yil 2 iyul kuni O‘zbekicton taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Vaşington şahrida Amerika Qöşma Ştatlarining Afğonistondagi yaraşiş masalalari böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan muzokaralar ötkazdi.

TIV xabariga köra, tomonlar afğon mojarosini hal qilişning hozirgi holati istiqbollarini hamda mintaqada tez muddatlarda tinçlik örnatişga kömaklaşuvçi çoralarni muhokama qildi.

Afğonlararo muzokaralarni kelgusida ham qöllab-quvvatlaş va mintaqaviy savdoni rivojlantiriş, investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, Afğonistonni mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalaşuvini tezlaştirişga özaro intilişning mavjudligi ta'kidlandi.

AQŞning Afğonistondagi yaraşiş masalalari böyiça maxsus vakili joriy yil 15-16 iyul kunlari Toşkent şahrida ötkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya işida iştirok etişga tayyorligini bildirdi, deyiladi ma'lumotda.