Özbekiston milliy jamoasi hamda Toşkentning «Paxtakor» klubi futbolçisi Ibrohimxalil Yöldoşev faoliyatini Italiyada davom ettirişga yaqin turibdi. Bu haqda rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan öz kanalida yozdi.

Arustamyanning yozişiça, «Jyenoa» Yöldoşevni öz safiga qöşib olgaç, bir mavsum Şveytsariyaning «Son» jamoasiga ijaraga beradi. Italiyada Yevropa ittifoqiga kirmaydigan mamlakat futbolçilarini qöşib oliş bilan boğliq talablar sabab «Jyenoa» şunday qilişga majbur.

Insayderning yozişiça, «Jyenoa» Eldor Şomurodovni ham öz safida qoldirişga qaror qilgan. Jurnalistning ma'lum qilişiça, «Jyenoa»da Şomurodovning transfer narxi yarim yildan keyin yanada kötarilişiga işonişmoqda.

Ma'lumot uçun, Yöldoşev çap qanot himoyasida harakat qiladi va u «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. Futbolçi bir mavsum «Bunyodkor»da ham ijarada öynagan.