“Döstlar! Men şunday yurtdamanki, bu yerda deyarli hamma maşinalar – Şevrole! Behazil!

27 yildan beri hukumat faqat bitta maşina turi sotilişiga ruxsat bergan. Ular Şevroleni tanlaşgan. Mana, monopoliya qanaqa böladi.

Lekin bilasizmi... bir neça yil oldin bu mamlakat özgargan va hozir dunyoga oçiq. Endi köçalarda boşqa rusumdagi maşinalar ham bor. Masalan, Hyundai, Mercedes va hatto BMW.

Keling va Özbekistonni köring! Siz bu yerning xalqini, maskanlarini va... Şevrolelarini sevib qolasiz!” – deydi Nusair ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videosida.

Ma'lumot uçun, arab vloger ijtimoiy tarmoqlarda roppa-rosa 1 daqiqalik videolari bilan maşhur. U Nas Daily nomli sahifasiga 1 daqiqalik turli mavzulardagi mingdan ortiq videolar tayyorlab joylagan.

Nusair Yosin YouTube'da 3 million, Instagram'da 2,7 million, Facebook'da 2,6 million, TikTok'da 1,7 million obunaçiga ega.