3 iyul kuni tunda Zarafşon milliy tabiat boğida yonğin yuz bergan. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi bu haqda rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lumotda keltirilişiça, 3 iyul kuni keçki payt Zarafşon milliy tabiat boğining Jomboy tumani «Olmazor» MFY, Qarabçi qişloğida joylaşgan örmon xöjaligida yonğin sodir bölgan.

Bu haqda viloyat FVBga soat 21:10 larda xabar kelib tuşgan. Olingan xabarga asosan soat 21:51 da yonğin sodir bölayotgan joyga 5 ta yonğinga qarşi kuraş bölinmalari yetib borgan.

Tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 2:51 da örab olinib, soat 4:03 da öçirilgan. Yonğinda heç kim jarohat olmagan. Hozirda yonğinning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Qayd etilişiça, yonğin oqibatida milliy tabiat boğining 1,5 gektar maydonida töqayzorlar (malina, butazor, şox-şabba) yonib ketgan.

Ma'lumot uçun, «Zarafşon» milliy tabiat boği Özbekistondagi 10 qöriqxona va milliy boğlardan biri bölib, 1975 yilda qöriqxona sifatida taşkil qilingan, keyinçalik milliy tabiat boğiga aylantirilgan. Boğ maydoni 2352 gektarni taşkil qiladi va u Zarafşon daryosi böylab 47 kilometrga çözilgan. Boğning asosiy maqsadi – respublikada yöqolib borayotgan jonzotlar populyatsiyasini tiklaş va saqlaş, boşqa quş va hayvonlar turlarini muhofaza qilişdan iborat. Bu yerda 1995 yildan buyon Buxoro buğusini köpaytiriş işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, mazkur boğda 2020 yilda ham yonğin röy bergan va boğning 2 ming metr kvadrat maydonini qamrab olgandi.