Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Toyloq tumanida sodir bölayotgan yonğin tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda olov juda katta hududni qamrab olgani va alanga ança yuqoriga kötarilayotganini köriş mumkin.
Kun.uz manbasiga köra, yonğin Jomboy tumanida, Zarafşon daryosi böyida joylaşgan Zarafşon milliy tabiat boğiga qaraşli örmonda sodir bölmoqda.
Zarafşon milliy tabiat boğiga qaraşli hududda tez-tez yonğin sodir böladi. Jumladan, boğ hududida 2021 va 2022 yillarda ikki martadan yonğin sodir bölgandi.
2022 yilda Zarafşon milliy tabiat boğini Örmon xöjaligi davlat qömitasidan Davlat Ekologiya qömitasi tarkibiga ötkaziş haqidagi qaror loyihasi e’lon qilingandi.
Ma’lumot uçun, Zarafşon milliy tabiat boği Özbekistondagi 10 qöriqxona va milliy boğlardan biri bölib, 1975 yilda qöriqxona sifatida taşkil qilingan, keyinçalik milliy tabiat boğiga aylantirilgan. Boğ maydoni 2352 gektarni taşkil qiladi va u Zarafşon daryosi böylab 47 kilometrga çözilgan. Boğning asosiy maqsadi – respublikada yöqolib borayotgan jonzotlar populyatsiyasini tiklaş va saqlaş, boşqa quş va hayvonlar turlarini muhofaza qilişdan iborat. Bu yerda 1995 yildan Buxoro buğusini köpaytiriş işlari olib borilmoqda.











