Samarqand viloyatida joylaşgan «Zarafşon» milliy tabiat boğida sodir bölgan yonğin yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yonğin 2024 yil 13 yanvar kuni tabiat boğining Olmazor mahallasi hududida joylaşgan qismida kelib çiqqan.
Holat böyiça yonğin-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yonğin töliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar aniqlanmagan.
Qayd etilişiça, viloyat prokuraturasi mas’ullari hodisa joyiga çiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 120,7 mln sömni taşkil etgan.
«Mazkur holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlariga kirişildi. Tergov jarayoni Boş prokuratura tomonidan tomonidan nazoratga olingan», deyiladi xabarda.
«Zarafşon» milliy tabiat boğida 2021 va 2022 yillarda ham ikki martadan yonğinlar sodir bölgan va tabiatga köp miqdorda zarar yetgandi.
- Ma’lumot uçun, Zarafşon milliy tabiat boği Özbekistondagi 10 qöriqxona va milliy boğlardan biri bölib, 1975 yilda qöriqxona sifatida taşkil qilingan, keyinçalik milliy tabiat boğiga aylantirilgan. Boğ maydoni 2352 gektarni taşkil qiladi va u Zarafşon daryosi böylab 47 kilometrga çözilgan. Boğning asosiy maqsadi – respublikada yöqolib borayotgan jonzotlar populyatsiyasini tiklaş va saqlaş, boşqa quş va hayvonlar turlarini muhofaza qilişdan iborat. Bu yerda 1995 yildan Buxoro buğusini köpaytiriş işlari olib borilmoqda.












