19 avgust kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston ekologiyasiga mas’ul idoralarning jamoatçilik eşituvi ötkazildi.
Tadbirda Kun.uz muxbiri Örmon xöjaligi davlat qömitasi raisi örinbosari Ğolibjon Qurbonovga Samarqand viloyatidagi “Zarafşon” milliy tabiat boği hududidagi ayrim yer maydonlari kimning ruxsati bilan dala hovlilar quriş uçun sotib yuborilgani, pullar qaysi “çöntakka tuşgani” va qöriqxonalarni Örmon xöjaligi qömitasidan Ekologiya qömitasiga qaytariş kerakligi borasida savol bilan murojaat qildi.
Rais örinbosarining jurnalist savoliga javoban aytişiça, “Zarafşon” qöriqxonasi ekologik turizmni rivojlantiriş va bu yönalişga tadbirkorlarni jalb qiliş maqsadida milliy tabiat boğiga aylantirilgan.
“Bunda qöriqxonadagi rekratsion hududlargina quriliş uçun ajratilgan.
Hozir milliy tabiat boği hududi Ekologiya qömitasiga qaytarilyapti va barça hujjatlar, jumladan, qurilişlar böyiça hujjatlarni topşiriş dalolatnomalarini tuzyapmiz. Bunda milliy tabiat boği hududidagi qurilişlar prokuratura nazoratida turibdi.
Bu hududlarni qurilişlar uçun kim va qançaga sotganini prokuratura organlari bizga ma’lum qiladi”, – dedi u.
Tadbir davomida bahsga “Ekoharakat” taşkiloti Markaziy kengaşi a’zosi Yusufjon Şodimetov ham qöşildi.
“Xöş, ekoturizm nega taşkil qilinadi, qöriqxonalarning yaşab qolişi uçun. Dunyodagi har qanday qöriqxonaga sayyohlar maxsus yölboşlovçilar bilan birga olib kiriladi va aylanib bölgaç, çiqarib qöyiladi. Bu öşa hududdagi odamlar va qöriqxonaga ma’lum miqdorda daromad keltiradi.
Ammo sizlar ekoturizm, deya qöriqxona hududini oddiy dam oliş zonasiga aylantirib yubordingiz. Odamlar hozir bu hududda olov yoqib, oş pişirib, içib bölingan şişalarni uloqtirib ketişyapti.
Bilib oling, BMTning “Ekoturizm va barqaror rivojlaniş” nomli dasturi bor. Bu dastur bilan turizm orqali boğ, qöriqxonalar, ösimlik va bioxilma-xillikni saqlab qoliş rejalaştirilgan. Sizlar mana şu dasturni ta’minlaşingiz kerak edi”, – deya Ğolibjon Qurbonovga dakki berdi Yusufjon Şodimetov.
Örmon xöjaligi davlat qömitasi raisi örinbosarining jurnalist bergan ikkinçi savolga javoban aytişiça, qömita qöriqxonalarni Ekologiya qömitasiga qaytarişga qarşi emas.
“Biz bunga qarşi emasmiz. Tegişli qaror qabul qilinsa, qöriqxonalarni ekologiyaga ötkazib beramiz”, – dedi Qurbonov.












