“Men özimni heç qaçon hozirgidek ğayratli his qilmaganman va gap pensiyaga ketiş haqida bormayapti. Bugungi kunda Amazon’da yuz millionlab mijozlarga xizmat körsatuvçi 1,3 mln nafar iste'dodli, ğayratli odamlar işlamoqda. Kompaniyaning özi esa dunyodagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan biriga aylangan. Bu qanday yuz berdi? Kaşfiyotlar. Kaşfiyotlar muvaffaqiyatimiz sababidir. Biz aqlbovar qilmas işlarni amalga oşirib, keyin ularni odatiy narsalarga aylantirganmiz”, deb aytgan avvalroq Bezos.

Uning ta'kidlaşiça, boş direktor lavozimi köp kuç va ğayrat, katta mas'uliyat talab qiladi va boşqa loyihalar uçun vaqt qolddirmaydi. Şu sababli, milliarder öz lavozimini tark etişini boşqa loyihalarga, jumladan, özi asos solgan Blue Origin aerokosmik kompaniyasiga köproq vaqt ajratmoqçiligi bilan tuşuntirgan. Ta'kidlab ötiş joiz, Bezos kompaniya tomonidan işlab çiqilgan New Shepard kemasida 20 iyulda fazoga yöl oladi.

Amazon kompaniyasi 1994 yilda Sietlda kitoblar sotiş bilan şuğullanuvçi onlayn platforma sifatida taşkil etilgan. Öşa vaqtdan beri u elektron tijorat bozoridagi yetakçi kompaniyalardan biriga aylandi.

Ayni vaqtda Bezos dunyoning eng badavlat odamlari röyxatida yetakçilik qilmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga köra, uning boyligi 201,8 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.