Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan nogironligi bölgan şaxslar uçun qöşimça 2 foizlik davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlarining oliy ta'lim muassasalari va ta'lim şakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga köra, nogironligi bölgan şaxslar uçun respublika böyiça jami 3 155ta qöşimça kvota ajratildi. Ta'lim şakllari kesimida:

  • kunduzgi ta'lim şakli uçun – 2 270ta;
  • sirtqi ta'lim şakli uçun – 754ta;
  • keçki ta'lim şakli uçun – 131ta.

Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasi bitiruvçilari bölgan çin yetimlar uçun qöşimça 1 foizlik davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari OTMlar va ta'lim şakllari böyiça taqsimlanadi.

Bu toifaga mansub bölganlar uçun respublika böyiça jami 1 580ta qöşimça kvota ajratildi. Ta'lim şakllari kesimida:

  • kunduzgi ta'lim şakli uçun – 1 137ta;
  • sirtqi ta'lim şakli uçun – 377ta;
  • keçki ta'lim şakli uçun – 66ta.

Şuningdek, içki işlar organlari xodimlarining farzandlari uçun qöşimça qabul körsatkiçlari tasdiqlandi.

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşda munosib hissa qöşgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erişgan içki işlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uçun qöşimça 3 foizlik davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlarining oliy ta'lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga köra, içki işlar organlari xodimlarining farzandlari uçun respublika böyiça jami 875ta qöşimça kvota ajratildi.

Mazkur imtiyozga ega abituriyentlarga onlayn röyxatdan ötişdan avval topşirmoqçi bölgan OTMga imtiyoz doirasida qança kvota ajratilgani bilan tanişib oliş tavsiya etiladi.