Oliy ta’lim vazirligi xabariga köra, davlat oliygohlarining bakalavriat kunduzgi ta’lim şakliga 155 ming 852 nafar abituriyent qabul qilinadi.
Qabul örinlarining asosiy qismi özbek tiliga ajratilgan:
özbek tilida — 130 843 ta;
rus tilida — 19 341 ta;
qoraqalpoq tilida — 4 888 ta;
qozoq tilida — 335 ta;
tojik tilida — 315 ta;
qirğiz tilida — 75 ta;
turkman tilida — 55 ta.
Davlat komissiyasi ayrim toifadagi fuqarolar uçun alohida grant kvotalarini ham tasdiqladi. Jumladan:
nogironligi bölgan şaxslar uçun qöşimça 2 foizlik davlat granti;
yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun 1 foizlik grant;
içki işlar organlari xodimlari farzandlari uçun 5 foizlik grant;
bojxona organlari xodimlari farzandlari uçun 2 foizlik grant;
«Ijtimoiy reyestr»ga kiritilgan oilalar farzandlari uçun 10 foizlik grant kvotalari ajratildi.
Şuningdek, Qurolli Kuçlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari farzandlari uçun davlat grantlari, muddatli harbiy xizmatni ötab tavsiyanomaga ega fuqarolar uçun alohida 5 foizlik qabul körsatkiçlari ham tasdiqlandi.
2026/2027-öquv yilida kamida beş yillik mehnat stajiga ega ayollar uçun 2 500 ta alohida tölov-kontrakt örni ajratildi.
Bundan taşqari, xotin-qizlar uçun kunduzgi ta’lim şakliga qöşimça 4 mingta davlat granti ajratiladi.
Oliy malaka toifasiga ega maktab öqituvçilari uçun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim şaklida maqsadli qabul ham davom ettiriladi.
Şuningdek, bakalavriatning keçki ta’lim şakli uçun ham qabul parametrlari tasdiqlandi. Keçki ta’limga 28 ming 942 nafar abituriyent qabul qilinadi.











