Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toşkent şahridagi filialiga joriy yilda 345 nafar talaba qabul qilinişi belgilandi. Bu haqda “Özbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 iyundagi qaroriga muvofiq 2020–2021-öquv yili uçun Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toşkent şahridagi filialiga qabul kvotasi 345 örin miqdorida belgilangan. Şundan 225 nafar talaba kunduzgi ta'lim şakli böyiça, 120 nafari esa keçki ta'lim şakli böyiça öqişga qabul qilinadi.

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma'lum qilinişiça, filialga kunduzgi ta'lim şakli yönalişlari böyiça öqişga qabul qilinadigan talabalarning 40 foizi – davlat granti, 60 foizi esa tölov-kontrakt, keçki ta'lim yönalişlari böyiça esa töliq tölov-kontrakt asosida tahsil olişadi.

Universitetning Qaşqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bölinmasi bitiruvçilarini filialga maqsadli qabul qiliş, tayyorlov bölinmasi bitiruvçilari örtasida ötkaziladigan alohida tanlov natijalari böyiça amalga oşiriladi.

Tanlovdan ötmagan tayyorlov bölinmasi bitiruvçilari filialga kiriş uçun umumiy talablar asosida imtihon topşiriş huquqiga ega.