Ma'lum qilinişiça, Özbekiston CAF (Charities Aid Foundation) xayriya jamğarmasi tomonidan 2021 yilgi pandemiya yiliga bağişlangan (World Giving Index-2021) jahon reytingida 114 mamlakat orasida 2018 yildagi 53-örindan 29-öringa kötarilgan.
Mamlakatlar reytingi uçta yönalişdagi örtaça qiymat körsatkiçlariga boğliq:
- xayriya taşkilotlariga tuşgan mablağlar;
- aholining muhtoj qatlamiga yordam körsatiş;
- köngilli sifatida kömak beriş.
Ta'kidlanişiça, 2020 yilda yuz bergan global pandemiya muammolariga qaramay, bir-biriga ğamxörlik qilgan insonlarning mehr-oqibati, hamjihatligi, saxiyligi pandemiyaning oğir muammolarini jahon miqyosida bartaraf etişga yordam bergan.
Özbekiston 2020 yilda xayriya taşkilotlariga ajratilgan mablağlar böyiça 18-örinni (46 foiz), muhtojlarga töğridan-töğri saxovat yordami körsatgan odamlar soni böyiça 58-örinni (57 foiz), köngilli sifatida kömak beriş böyiça 62-örinni (16 foiz) egallagan.


Indoneziyada 2020 yilgi jahon reytingida birinçi örinni egallagan bölsa, Afrika qit'asining ikki davlati Keniya va Nigeriya yuqori uçlikni egallagan. Mutaxassislar uşbu mamlakatlarda xayriya yordamining köpayişini kambağal aholi qatlamlarining ahvoli yomonlaşayotgani, şuningdek, fuqarolik jamiyati va köngillilar harakati faollaşgani bilan izohlaşmoqda.
Şu bilan birga, odatda, doim birinçi öntalikka kirgan mamlakatlar (AQŞ, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Kanada, Niderlandiya) öz pozitsiyalarini ilgari heç qaçon yuqori pozitsiyani egallamagan mamlakatlarga böşatib bergan.
Reytingdagi sönggi örinni (114) Yaponiya egallab turibdi. Qayd etilişiça, Yaponiyaning bunday pozitsiyani egallaşi aholining madaniyati va mentaliteti, muhtojlarning davlat tomonidan yuqori darajada ta'minlanganligi hamda mamlakatda xayriya yordami körsatiş böyiça tartib-qoidalarning murakkabligi bilan izohlanadi.
Ma'lumot uçun: World Giving Index (jahon xayriya indeksi) CAF (Charities Aid Foundation) xayriya jamğarmasi tomonidan 2009 yildan buyon 15 yoş va undan katta yoşdagi aholi örtasida tasodifiy tanlov asosidagi sörovnoma natijalariga binoan e'lon qilib kelinadi.












