Golden House kompaniyasi har doimgidagidek öz mijozlarini öziga xos noodatiy sovğalari bilan hayratga solişda davom etmoqda. Jumladan, Greenwich turar joy majmuasi tomonidan ötkazilayotgan aksiya ham yangi xonadon sohiblari uçun ana şunday ajoyib va yoqimli sovğadir. Aksiya doirasida 2021 yilning 1 iyulidan 30 sentyabriga qadar bölgan muddatda Greenwich'dan xonadon xarid qilib oling va Buyuk Britaniya poytaxtiga sayohat yöllanmasini qölga kiriting!
Britaniya kvartali Greenwich – Golden House'ning öziga xos ajoyib va betakror loyihalaridan biridir. Majmua imoratlari qadimiy rim me'morçilik uslubida betakror naqşlar bilan bezatilgan ğiştli fasad uylarni özida mujassam etgan. Mijozlar xarid qilib olişlari uçun biznes va komfort (qulaylik) singari ikki xil klassdan iborat zamonaviy va muhtaşam xonadonlar mavjud.
Komfort-klassga mansub xonadonlar köçib ötişga tayyor töliq ta'mir holatida, şuningdek ajoyib sovğa sifatida oşxona töplami bilan foydalanişga topşiriladi. “Köçib öting va yaşang!” qabilidagi çorlov va qaror – yuqori sifatli materiallar va qulay rejalaştiriş yeçimlarini mujassam etgan xonadon mijozlarni uzoq vaqt toliqtiruvçi taşvişlar va zerikarli ta'mirlaşdek katta boş oğriğidan xalos etadi. Angliya uslubiga xos bölgan lakonizm va aniqlik har qanday mebelni optimal tarzda joylaştiriş mumkin bölgan xonalarda öz aksini topgan, hattoki rozetkalar va boşqa aloqa tizimlarining puxta öylab joylaştirilgani ham xonadonlarning zamonaviy standart talablariga töliq javob bera olişini anglatadi.

Biznes-klassga mansub bölgan xonadonlar esa ta'mirsiz holda foydalanişga topşiriladi. Bunday xonadon sohiblari şaxsan özlarining boy tasavvurlari orqali rejalaştiriş yeçimlariga oid jihatlarni hal etadilar. Turar joy majmuasi qaysi klass turiga mansubligidan qat'iy nazar, barça xonadon sohiblari avtomaşinalardan xoli bölgan xavfsiz hovli, qulay avtoturargohlar, kvartalning puxta öylangan va rivojlangan infratuzilmasi, şuningdek qulay sayr qiliş yölakçalari va zamonaviy bolalar öyingohlariga ega böladilar.
Poytaxtning ingliz uslubidagi mazkur turar joy majmuasi bölajak aholisini Tumanli Albionga ikki kişilik yöllanma va boşqa kundalik hayotimizda asqatuvçi boşqa foydali sovğalarni qölga kiritiş imkonini beruvçi yutuqli öyinlarda ham faol iştirok etişga taklif etadi. Sayohat qiliş orqali esa siz poytaxtimizdagi Britaniya kvartalining muhiti betakror Angliya muhiti bilan qançalik yaqin ekanligiga şaxsan guvoh böliş imkoniga ega bölasiz. Developerdan Londonga ikki kişilik sayohat yöllanmasi eng omadli kişilarga taqdim etiladi. 1 iyuldan boşlab Greenwich turar joy majmuasidan xonadon xarid qilgan har bir kişi avtomatik ravişda uyining kvadrat maydoniga doir şaxsiy ma'lumotlari körsatilgan maxsus kuponni olgan holda aksiya iştirokçisiga aylanadi. Kuponning bir qismi kompaniya ofisidagi muhrlangan qutiga joylaştiriladi ikkinçi qismi esa Golden House aksiyasi ğoliblari e'lon qilingan kunga qadar xaridorda qoladi.













