Namangan viloyati Davlatobod tumani «Yuksaliş» MFY Kuşon sanoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarim yemirilgan aviatsion bombalar topilgan.

Topilgan bombalarni zararsizlantiriş maqsadida Pop tumani Ğurumsaroy 07648-harbiy qism maxsus öq otiş poligoniga olib borilib, yöq qilingan.

Uşbu hududda olib borilgan qidiruv işlari davomida boşqa snaryadlar topilmagan. Ularning qaysi yillarga mansub ekani va mazkur hududga qolib ketgani sabablari ham hozirça noma'lum.

Hududda kunlik navbatçilik taşkil etilib, Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qidiruv-qutqaruv otryadi, Içki işlar boşqarmasi, Mudofaa vazirligi va IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan, hozirda uşbu hududda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.