Namangan şahridagi xonadonlardan birida taşkil etilgan «bunker» foş etildi.

Bu yerda Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi umumiy örta ta’lim maktabi direktori örinbosari, Namangan davlat texnika universiteti bölim boşliği hamda uşbu bölim mutaxassisi va boşqalar özaro til biriktirib, malaka toifalarini belgilaş uçun ötkazilgan attestatsiya imtihonlari doirasida test sinovlarini topşirişda pedagog öqituvçilarga moddiy manfaat evaziga  masofadan turib yordam berişgani aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida Namangan şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda uşbu manzilda test savollarini yeçişga jalb qilingan 12 nafar öqituvçi borligi aniqlanib, noutbuk, 30 dona har xil turdagi eşitiş moslamasi va yaşirin kameralar, 8 dona Wi-Fi router va boşqa buyumlar aşyoviy dalil sifatida olindi.

Tergovga qadar tekşiruv tadbirlari davomida maktab direktori örinbosari va boşqalar imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berişga işontirgan holda, viloyatdagi pedagog öqituvçilarning ma’lum bir qismidan 1300-1500 AQŞ dollaridan talab qilib, joriy yil sentabr-oktyabr oylarida 25 ming AQŞ dollari miqdorida pul mablaği yiğib olişgan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, Davlatobod tumanidagi umumiy örta ta’lim maktabi direktori örinbosari hamda «bunker»ni boşqarib kelgan, 2001 yilda tuğilgan fuqaro muqaddam aynan şunday jinoyat sodir etgani uçun javobgarlikka tortilgan şaxslar hisoblanadi.