Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryoda şifokorlarga ajratilgan mablağni ömarganlarni keçiriş mumkinmi?» sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar viloyat prokuraturasi tomonidan örganilgan. Unda Surxondaryo viloyati Termiz tumani tibbiyot birlaşmasida 313,6 million söm talon-toroj qilingani aniqlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Termiz tumani prokuraturasi viloyat davlat moliyaviy nazorat boşqarmasi tomonidan Termiz tumani tibbiyot birlaşmasida 2017 yil sentyabrdan 2021 yil maygaça budjetdan ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişi yuzasidan ötkazilgan tekşirişda töplangan hujjatlar böyiça tergovga qadar tekşiruv olib borgan.

Tekşiriş davomida aniqlanişiça, Termiz tuman tibbiyot birlaşmasi mansabdor şaxslari tomonidan 7 ta holatda jami 313 million 655 ming söm mablağ iş haqi va mukofot puli sifatida çiqim qilingan. Söng, tölov qaydnomalariga xodimlarning imzolarini qalbakilaştirib qöyib, pulni ularga bermasdan, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan. Bu bilan ular, özganing juda köp miqdordagi pul mablağlarini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgan.

Qayd etilişiça, Termiz tumani prokuraturasi tomonidan uşbu holatlar yuzasidan 2021 yil 10 iyun kuni Termiz tumani tibbiyot birlaşmasi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari viloyat prokuraturasi uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi tomonidan olib borilmoqda.

«Xabarda ma'lum qilingan şifokor, hamşira va farroşlar tuman prokuraturasiga çaqirilib, tergovçi tazyiqi ostida javobgar şaxslarni keçiriş söralgani holatlari örganişda öz tasdiğini topmadi va bu vajlar rad etiladi», deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.