2016–2020 yillarda Özbekiston böylab 430 ta köçmas mulk obekti tegişli tartibda kompensatsiya berilmagan holda buzib taşlangan, deb ma'lum qildi Adliya vazirligi.
Vazirlikka köra, 2016–2019 yillarda davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalari olib qöyilişi munosabati bilan 6 479 ta mulk buzilgan. Şundan mulk egalariga 335,6 mlrd söm kompensatsiya puli tölab berilmagan. 2020 yilda esa buzilişi nazarda tutilgan 263 ta mulkning qiymati 99,4 mlrd sömni taşkil etgan.
Adliya organlariga mulk huquqi buzilişiga oid 2019 yilda 626 ta, 2020 yilda 88 ta, 2021 yilda 3 ta şikoyat kelib tuşgan.
Vazirlik hisobotida sönggi beş yilda 846 holatda köçmas mulk obektlari ularning mulkdorlarini xabardor etmagan holda buzib taşlangani, 1388 holatda mulkdorlarni xabardor qiliş muddati buzilgani, 1244 holatda köçmas mulk obektlari baholanmagan holda buzib taşlangani keltiriladi.
Davlat «snos»lar böyiça tadbirkorlar oldidagi qarzini 2021 yilda ham uza olmasligi mumkin
Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara Örinboyevaning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, sohadagi qonunbuziliş holatlariga çek qöyiş, xususiy mulk daxlsizligini yanada mustahkamlaş maqsadida ayni paytda Adliya vazirligi tomonidan tegişli idoralar bilan hamkorlikda “Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqilmoqda.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- yer uçastkasi olib qöyiladigan holatlarning qat'iy röyxati;
- mulkdorlar bilan avvaldan muhokama va rozilik oliş tartibi;
- uy-joyni böşatib qöyiş muddati (kompensatsiya tölangandan keyin 6 oygaça);
- keltirilgan noqulaylik uçun mulk qiymatining 5 foizi miqdorida tölov;
- tölov keçiktirilganda indeksatsiya qiliş;
- kompensatsiyaga turar joy berişda ijtimoiy normani hisoblaş;
- mulkni erkin tasarruf etişiga tösqinlik qiluvçi xatti-harakatga yöl qöymaslik.
Ta'kidlanişiça, Adliya vazirligi tomonidan ötkazilgan örganiş natijalariga köra, yer uçastkasining davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi munosabati bilan 3908 ta holatda fuqarolarning uçastkalarini olib qöyişda qonun hujjatlariga rioya etilmagan.
Yer uçastkalarini olib qöyiş munosabati bilan, mulkdorlarga 486 mlrd 512 mln söm kompensatsiya mablağlari tölab berilgan, 273,8 gektar yer uçastkalari ajratilgan. Amalga oşirilgan işlar natijasi böyiça Prezident Administratsiyasi va Hukumatga tegişli takliflar kiritilgan.
Mavzuga oid:
Samarqandda buzilgan uy mulkdorlari 4 yildan buyon sarson: murosa yöli topilmayapti
Namanganda «snos»ga tuşgan uylar egasining roziligisiz buzib taşlandi
Noqonuniy «snos»lar va adolatsiz auksionlar: Samarqandda quriliş sohasida jiddiy nazorat kerak












