Kun.uz'ga murojaat qilgan korxona rahbari Jamşid Zuhurovning aytişiça, uning binolari prezidentning 2017 yil 27 martdagi «2017 — 2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qiliş va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari quriş dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi PQ-2853 sonli qarori asosida buzilgan.

Lekin, Yangiyer şahri hokimi Ilyor Xöjayev uşbu binolar buzilgan vaqtda ularning tovon pullari hokimlik tomonidan tölab berilişi haqida «Kafolat xati» yozib berganiga qaramasdan, oradan ikki yil muddat ötgan bölsa-da, hali ham kompensatsiya puli tölanmay kelmoqda. Tadbirkorning tovon pulini undiriş yoki buzilgan hudud örniga yer beriş töğrisidagi hokimlikka qilgan murojaatlariga e'tiborsiz qilib kelingan.

«Mening mulklarim aslida töliq bozor hududida ham bölmagan, hozir çoyxonam buzilgan joy avtomobillar töxtaş joyi bölib turibdi. Lekin, prezident qarori asosida yangi bozorni qurayotgan tadbirkor va hokim birgalikda mening binolarimni ham buzdirib taşlaşdi. Undan keyin Yangiyer hokimi Ilyorjon Xöjayev qabuliga bir neça marta kirdim. «Böldi, beramiz», deydi, lekin bermaydi.
Keyin şahar hokimi örinbosari Isomiddin aka bilan gaplaşdik, u ham pul tölab berilişi, faqat şahar budjetida ortiqça pul yöqligi tufayli keyinroq tölanişini aytdi. U şahar budjeti yilni daromad bilan yakunlayotgani, lekin orttirilgan pul boşqa sohalarga yönaltirilayotganini aytdi. Men-çi? Nega hokimiyat dastlab öz qarzini tölab qöymaydi? Axir men öşa mulkimdan oyda 3-4 million söm daromad qilardim, 10-15 kişini doimiy iş bilan ta'minlardim», – deydi tadbirkor.

Hokimlikdan qarzini özi ololmasligini tuşungan «Jamşid-Aziz-Fayz» MÇJ rahbari Jamşid Zuhurov 2020 yil oktabr oyida Iqtisodiy işlar böyiça Guliston tumanlararo sudiga murojaat qiladi. Sud tadbirkorning mulki yetkazilgan zarar qoplanmasdan turib buzib yuborilgan deb topgan hamda Yangiyer şahar hokimligining çorak yakuni böyiça ortiqça tuşgan mahalliy budjetining daromad qismidan tadbirkor foydasiga 390 million 885 ming söm moddiy zarar (tovon puli), ekspertiza ötkaziş bilan boğliq 1 million 143 ming söm xarajatlarini undiriş böyiça qaror çiqaradi.




















