Biznes bilan şuğullanişi qat'iyan taqiqlanadigan davlat mansabdorlari röyxatini belgilaş haqidagi band korrupsiyaga qarşi kuraşişga oid prezident qaroridan çiqarilgan edi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bu borada izoh berib, vazirlik “amaldorlarga tadbirkorlik qiliş taqiqlanişi kerak” degan pozitsiyada ekanini bildirdi.
“Bu mavzuda Kun.uz maqola berdi. Şu maqolani berayotganda şuni söraşlaringiz kerak edi. Maqolani berdingizlar, natijada hamma öyladiki: “Farmonning eng muhim jihatlari çiqib ketdi, qaytarilmaydi”, degan notöğri ma'no tarqaldi.
Muhokamaga qöyilgan bandda şunday yozilgandi: “Adliya vazirligi Boş prokuratura hamda boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 oktyabrga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qat'iyan taqiqlangan davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari va xodimlarining röyxatini belgilaş böyiça takliflarni kiritsin”.
Şu banddagi “aniq röyxat” degani örniga “davlat xizmatçilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida iştirok etganligining huquqiy oqibatlarini belgilaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasi”ga almaştirildi. Ya'ni bu masala oçiq qolyapti, degan ma'no kelib çiqmayapti”, – dedi vazir 9 iyul kuni matbuot anjumanida.

Davlat xizmatçilariga tadbirkorlik qiliş hozir ham taqiqlangan
Davletovning tuşuntirişiça, davlat xizmatçilariga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlangani amaldagi qonunçilikda aks etgan.
Adliya vaziri hukumatning ikkita qarori haqida töxtaldi.
Jumladan, 2016 yil mart oyida hukumat qarori bilan “Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari” tasdiqlangan.
Qoidalarning 15-bandiga köra, davlat xizmatçilarining tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi taqiqlanadi. Davlat xizmatçilari manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik böyiça çoralar köriş maqsadida tijorat taşkilotlarining ustav kapitalida iştirok etişi töğrisida öz rahbarini xabardor qilişi şart.












