Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ishdan nohaq bo‘shatilgan bog‘cha tarbiyachisi sudda yutib chiqdi va ishiga tiklandi
Qashqadaryoda ishdan nohaq bo‘shatilgan bog‘cha tarbiyachisi sudda yutib chiqqan va ishiga tiklangan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil mart oyida Kitob tumanidagi maktabgacha ta'lim muassasalarining birida tarbiyachi vazifasida ishlab kelgan N.R. bog‘cha rahbari tomonidan asossiz ishdan bo‘shatilgan. Shundan so‘ng, N.R. bu holat yuzasidan sudga murojaat qilgan. Sud ishni ko‘rib chiqib, bog‘cha rahbarining buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topgan hamda xodimni ishga tiklash bo‘yicha ijro varaqasi chiqargan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2021 yil 18 iyundagi ijro varaqasiga asosan, Kitob tumani Alako‘ylik qishlog‘ida yashovchi 34 yoshli fuqaro N.R.ni Kitob tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotiga tarbiyachi lavozimiga ishga tiklash belgilangan.
Ushbu ijro hujjatining ijrosi yuzasidan MIB Kitob tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida fuqaro N.R. o‘z ishiga qayta tiklangan.
Mavzuga oid
16:02 / 15.07.2026
Qashqadaryoda ham jazirama sabab og‘ir yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklanadi
10:09 / 15.07.2026
Qashqadaryoda uchta bankka oid firibgarlik holati aniqlandi
17:32 / 10.07.2026
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: Qashqadaryoda eshak go‘shti savdogari ozodlikdan mahrum qilindi
14:58 / 08.07.2026