Farğona viloyat Adliya boşqarmasi boşliğining 2019 yil 27 avgustdagi 209-şt-sonli buyruği bilan Farğona şahridagi 6, 7 va 13-son davlat notarial idoralarining uç nafar notariusi va ikki nafar notarius yordamçilari içki mehnat tartib-qoidalarini bir marta qöpol ravişda buzganlikda ayblanib, Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinçi qismi 4-bandiga asosan işdan böşatilgan.

Işdan böşatilgan notariat xodimlarining işga tiklaş va majburiy progul uçun haq undiriş töğrisidagi da'vo arizasi fuqarolik işlari böyiça Farğona tumanlararo sudi tomonidan körib çiqilgan. Mazkur sudning joriy yil 14-15 noyabr kunlari çiqargan hal qiluv qarorlariga muvofiq, Adliya boşqarmasi boşliği B.Xasanovning yuqorida qayd etilgan buyruği ğayriqonuniy deb topilgan va bekor qilingan.

Barça xodimlar avval özlari işlab kelgan lavozimlarga qayta tiklanib, ularning foydasiga majburiy progulda yurgan kunlari uçun jami 107 million sömdan ortiq miqdorda iş haq undiriş belgilangan.

Şuningdek, viloyat Adliya boşqarmasidan uçta fuqarolik işi böyiça jami 8 million sömdan ortiq davlat boji undiriş belgilangan.

Hal qiluv qarorining işga tiklaş va iş haqi undirişga oid qismi FPKning 266-moddasiga asosan darhol ijroga qaratilgan.

Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, sud qarorlarini ijro qiliş böyiça majburiy ijro byurosi tomonidan tegişli çora-tadbirlar körilgan bölişiga qaramay, hal qiluvning darhol ijro etilişi lozim bölgan qismi hanuz (22 noyabr holatiga) iş beruvçi, ya'ni viloyat adliya boşqarmasi boşliği tomonidan bajarilmagan.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan olingan ma'lumotga köra, hozirda birinçi instansiya sudi qarorlari ustidan apellyatsiya tartibida şikoyatlar kiritilgan. Birinçi instansiya sudi qarorlarining xodimlarni işga tiklaşga oid qismi ijro etilmayotgani sabablari böyiça izoh berilmagan.

Ma'lumot uçun: Mehnat kodeksiga muvofiq, mehnat şartnomasi ğayriqonuniy ravişda bekor qilingan xodim iş beruvçining özi, sud yoki boşqa vakolatli organ tomonidan avvalgi işiga tiklanişi lozim (111-modda).

Işga tiklanganda iş beruvçiga xodimga yetkazilgan zararni qoplaş majburiyati yuklatiladi (112-modda). Sud xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasini ğayriqonuniy ravişda bekor qilişda aybdor bölgan mansabdor şaxs zimmasiga ana şu xodimga iş haqi tölanişi munosabati bilan iş beruvçiga yetkazilgan zarar örnini qoplaş majburiyatini yuklaydi (274-modda).