Boş prokuror örinbosari Bahriddin Valiyev korrupsiyaga qarşi qabul qilingan prezident farmoniga qöşimça şarh berdi.
“Ötgan 4,5 yilda – yangi Özbekiston davrini olaylik, 9546 nafar şaxs turli toifadagi korrupsion jinoyatlarni sodir qilgan. Bu jinoyatlar oqibatida davlatga va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 trillion 200 milliard sömga yaqinni taşkil qiladi.
Bularning qariyb 90 foizi huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan tergov va sudlar davomida undirib olindi. Lekin, buning ortidan jamiyat va fuqarolarning qança aziyat çekişi, ularning sarson bölişi va boşqa yetkazilgan zararlar töğrisida gap ketmayapti. Şular ham hisobga olinsa, juda katta zararlar va oqibatlarga olib kelyapti.
Şuning uçun farmonda bizga vazifa qöyildiki, xalqaro tajriba va fuqarolarning fikrlari örganilib, bunga jazoni kuçaytiriş böyiça qonun qabul qilinadi.
Şu yil aprel oyida “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida ötkazilgan ijtimoiy sörovda iştirok etganlarning 62 foizi korrupsiyaga qarşi kuraşişda jinoiy javobgarlik çoralarini oğirlaştiriş eng yaxşi çora degan fikr bildirgan. Jamoatçilik bu fikri ham hisobga olinib, farmonga kiritilgan”, – dedi boş prokuror örinbosari 9 iyul kungi matbuot anjumanida.
Bahriddin Valiyevning aytişiça, farmonda Boş prokuraturaga tegişli idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiş vazifasi belgilangan:
- korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun belgilangan jazo çoralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazo çorasigaça keskin kuçaytiriş;
- daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalaş jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uçun javobgarlik örnatiş;
- korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan jinoiy jazoni ötaşda yengillaştiruvçi normalar qöllanilişiga çeklovlar belgilaş.
Şuningdek, yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasida ham korrupsiya bilan boğliq jinoyat sodir etganlik uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda. Xususan:
a) pora predmeti sifatida nafaqat moddiy manfaatdorlik, şuningdek, nomoddiy manfaatdorlik ham kiritilmoqda;
b) xalqaro ekspertlar tavsiyalariga köra, 3 turdagi harakatlar uçun töğridan töğri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda, jumladan:











