Turkmaniston Afğoniston bilan çegaradagi Sarhadobod şahriga oğir harbiy texnika joylaştirmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib Turkmen.news xabar berdi.
Xabarga köra, çegaraga xususan, tanklar, zambaraklar va zirhli transportyorlar keltirilgan. Naşr manbalar xavfsizligi nuqtayi nazaridan tegişli fotosuratlarni çop etmagan.
Manba sözlariga köra, janubiy çegara otryadlaridan birida oxirgi uç sutka davomida bir neça marta jangovar trevoga e'lon qilingan. 9 iyulga ötar keçasi Afğoniston tomondan kuçli portlaş ovozlari eşitilgan.
Afğon-turkman çegarasidagi «Akina» nazorat-ötkazuv punkti bir neça kundan buyon yopiq turibdi. Turkmaniston hukumati çegaraning Afğoniston tomonidagi hududlar toliblar nazoratiga ötayotgani munosabati bilan şunday qaror qabul qilgan.
«Akina» punkti orqali Turkmanistondan Afğonistonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilardi, şu tufayli çegara zonasidagi afğonlar oziq-ovqat mahsulotlari yetişmovçiligi muammosiga duç kelmoqda.
Rasmiy Duşanbe ham ommaviy safarbarlik e'lon qilgan. Zaxiradagi 20 ming kişi Tojikiston va Afğoniston çegarasiga yönaltirilgan.












