Janubiy Xitoy qişloq xöjaligi universiteti olimlari fazoda bölgan guruçdan ilk hosilni olişdi. Bu haqda Xitoy televideniyesi ma'lum qildi.

Xitoy 2020 yil 24 noyabrda Oyga “Çan'e-5” qurilmasini yuborgandi. Oyning körinuvçi tomoniga qöngan qurilma Oyda tuproq namunalari yiğib, ularni Yerga yetkazgandi. Şu bilan birga, uşbu missiya davomida 40 gramm guruç koinot nurlanişi ta'siriga uçratilgan. Keyinroq uşbu guruç Xitoy janubida ekilib, hozirda undan birinçi hosil olindi.

Olimlar “fazoviy guruç” ilmiy tadqiqotlar uçun katta qiymatga egaligi sababli öz tajribalarini davom ettirişmoqçi ekanini ma'lum qilişgan. Ularning ta'kidlaşiça, koinot ta'siriga uçragan guruç donlari yangi serhosil va sifatli navlarni olişga asos bölib xizmat qilişi mumkin.