Gulnora Rahimova tayinlovga qadar Moliya vazirligi Ğaznaçiligi boşliği örinbosari – Davlat xaridlari departamenti rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Bu haqda Kun.uz'ga vazirlik axborot xizmati ma'lum qildi.

Rahimova 1995-2014 yillarda Özbekiston Milliy universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2014-2019 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda budjet taşkilotlarining moliya-hisob bölinmalari xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş öquv markazida katta öqituvçi va kafedra mudiri bölib işlagan.

2019 yilda Moliya vazirligi ğaznaçiligi Davlat xaridlarini boşqariş va monitoring boşqarmasi boşliği, 2019-2020 yillarda vazirlik Davlat xaridlari departamenti direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Vazirlik matbuot xizmatiga köra, Gulnora Rahimova 2021 yil 22 aprel kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonun mualliflaridan biri sanaladi.