Buvayda tumanida istiqomat qiluvçi ayol özini poyezd tagiga taşlab, joniga qasd qilmoqçi böldi. Bu haqda Içki işlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, 11 iyul kuni soat 22:30 larda Farğona viloyati IIBga kelib tuşgan xabarga köra, Qöqon-Buvayda temir yöl bekatlari oraliği 22-kmda Buvayda tumani, Jilva qişloğida yaşovçi fuqaro O‘.Z. özini poyezd ostiga taşlamoqçi bölgan vaqtida, TXTB PPX xodimi uşlab qolgani ma'lum bölgan.
Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida fuqaro O‘. Z. oilaviy janjal tufayli öz joniga qasd qilmoqçi bölgani aniqlangan.
Şundan söng uşbu fuqaro bilan ota-onasi, mahalla raisi va mahalla faollari iştirokida profilaktik suhbat ötkazilib, tuşuntiriş işlari olib borilgan.
Avvalroq Buvayda tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida voyaga yetmagan fuqaro qurbon bölgani haqida xabar berilgan edi.












