«Bir neça kun muqaddam Özbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mavjud epidemiologik vaziyat tufayli yurtimizda barça turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, şuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtinça töxtatilişi belgilangan edi.
Bundan taşqari, 50 nafardan köp bölgan kişilar bir joyda, bir vaqtning özida töplanmasligi tavsiya etilmoqda.
1 avgustdan boşlab esa töyxonalarda oilaviy tantana, töy, ma'raka va marosimlarni faqatgina 50 kişidan köp bölmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda ötkazişga ruxsat berilgan. Uşbu çora-tadbirlarning barçasi yagona maqsad — aholi salomatligini asraşga qaratilgan.
Biroq şunga qaramay, ayrim hollarda karantin qoidalari va çeklovlari qöpol ravişda buzilayotgan holatlar ham kuzatilmoqda.
Xususan, keça, 13 iyul kuni Toşkentdagi Amir Temur xiyobonida Instagram va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida «Subo» nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger S.Mamedovni kutib oliş uçun 150-200 nafarga yaqin yoşlar yiğilgan. Ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida tarqalgan uşbu tadbir aks etgan videotasvirlardan köriş mumkinki, bu yiğinda iştirok etgan yoşlar tomonidan mamlakatimizda örnatilgan ijtimoiy masofa saqlaş, niqob taqiş kabi karantin qoidalariga mutlaqo rioya etilmagan.
Aytiş kerakki, bu holat koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalişi va epidemiologik vaziyat yanada oğirlaşişiga olib kelişi mumkin. Kasallikning yangi ştammlari tez yuqişi, jadal rivojlanişi hamda yaşirin ravişda organizmni kuçli jarohatlaşi kuzatilmoqda. Inson öz organizmida keçayotgan jarayonni bilmay qolişi ham mumkin.
Şu bois, barça fuqarolardan karantin qoidalari va çeklovlari, sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etişga, ommaviy töplanmaslikka çaqiramiz. Ota-onalar öz farzandlariga bu borada tegişli tuşuntiriş berişlari, köpçilik töplanadigan joylardan uzoq bölişlariga e'tibor qaratişlarini söraymiz.
Zero, birgina e'tiborsizlik, loqaydlik, özimiz va yaqinlarimiz salomatligini xavf ostiga qöyişi, COVID-19 infeksiyasi yurtimiz aholisi orasida yanada keng tarqalib ketişiga sabab bölişi mumkin», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga muvofiq, epidemiyalarga qarşi kuraşiş qoidalarini buziş tegişli tartibda javobgarlikka tortişga sabab bölişi eslatilgan.












