Toshkentda davlat organlari fuqarolarga yetkazgan zararni qoplash uchun 5,7 mlrd so‘m ajratildi
Mahalliy budjetdan ajratilgan bu pullar aybdorlardan regress tartibida, sud orqali undirib olinadi. Avvalroq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev hokimlikning “snos”lar bo‘yicha aholi oldidagi qarzlari (to‘lanmagan kompensatsiyalar) yil oxirigacha to‘lanishiga va'da bergandi.
Toshkentda davlat organlari va mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizliklari) natijasida fuqarolar va yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash uchun 5 mlrd 725 mln so‘m ajratildi.
Shahar hokimi 8 iyul kuni shu haqda qaror imzolagan. Hujjat “E-qaror” platformasida keltirilgan.
5,7 mlrd so‘mlik mablag‘ poytaxt mahalliy budjetining 2-chorak yakunlari bo‘yicha daromadlar rejasi orttirib bajarilgan qismidan ajratiladi.
Kun.uz davlat mansabdorlari qonunga xilof ish qilsa, buning zarari soliq to‘lovchilar hisobidan qoplanadimi, degan savol bilan Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaga murojaat qildi.
Unga ko‘ra, yetkazilgan zarar avvaliga mahalliy budjetdan jabrlanuvchiga to‘lab beriladi, shundan so‘ng aybdordan regress tartibida, sud orqali undirib olinadi.
2018 yildan yo‘lga qo‘yilgan tartibga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma'muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Eslatib o‘tamiz, barcha hududlarda bo‘lgani kabi, Toshkent shahrida ham hokimlikning “snos”lar uchun to‘liq to‘lanmagan kompensatsiyalar bo‘yicha aholi va tadbirkorlar oldida qarzlari bor. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev 2020 yil dekabr oyida bu qarzlarning barchasi 2021 yil oxirigacha qoplanishini aytgan edi.
2021 yilgi davlat budjeti muhokamasi paytida davlat “snos”lar bo‘yicha aholi oldidagi qarzlarini 2021 yilda ham uza olmasligi ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkent bozorlarida patta narxi oshadi. Savdogarlar nima deydi?
O‘zbekiston | 19:32 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi
O‘zbekiston | 16:36 / 10.02.2025
Quyosh energiyasi orqali daromad olish: O‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
O‘zbekiston | 15:00 / 10.02.2025
Trampning o‘tmishdagi kumiri. Uilyam Mak-Kinli haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 14:52 / 09.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari rasman o‘rnatildi
O‘zbekiston | 16:00
-
Tadqiqot: Rossiya yo‘qotishlarni Ukrainaga qaraganda yaxshiroq tiklayapti
Jahon | 15:39
-
Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi
Jamiyat | 15:38
-
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi
O‘zbekiston | 15:12
Mavzuga oid
17:27 / 12.02.2025
Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan er ushlandi
14:40 / 12.02.2025
“O‘n ming so‘mlikni dumaloqlab, kukunni burnidan tortdi” - Toshkentda navbatdagi reyd
17:03 / 11.02.2025
Toshkentda begona bola bilan muloqot qilishga uringan ruhiy xasta ayol ushlandi
07:24 / 11.02.2025