24 yoşli hujumçi Bobur Abduxoliqov «Energetik-BGU» bilan 2021 yil yakuniga qadar şartnoma imzolagan bölsa, Ubaydullayevning neça yilga şartnoma imzolagani ma'lum qilinmagan.
Abduxoliqov şu yilning 19 fevral kuni Ukrainaning «Rux» klubi bilan 3 yillik şartnoma imzolab, öyin amaliyotiga ega bölmagani sababli may oyida şartnomasini bekor qilgandi. Şundan buyon sobiq klubi «Nasaf» safida maşğulot ötagan Bobur Belarus çempionatiga köçib ötdi.
23 yoşli Şahzodbek Ubaydullayev bungaça Soligorskning «Şaxtyor» jamoasi şarafini himoya qilayotgan edi. Belarus Oliy ligasida 5 öyinda maydonga tuşgan forvard ham «Energetik-BGU» safiga qöşildi.
Eslatib ötamiz, uşbu klubda ötgan mavsumda Jasur Yaxşiboyev, Şahboz Umarov va ijara asosida Humoyunmirzo Iminov faoliyat yuritgandi.

















