Unga köra, kutilganidek Bobir Abduxoliqov bir qator nominatsiyalarda tengsiz deb topildi. Jumladan, özbekistonlik goleador Belarus Oliy ligasi-2022ning mavsumdagi eng yaxşi öyinçisi deb topildi. 

Futbolçi kumuş töp va butsa sovrinini qölga kiritgaç, keyingi mavsumni boşqa çempionatda boşlaşini ma’lum qilgan. 

Şuningdek, taqdirlaş marosimida unga çempionatning eng yaxşi hujumçisi va eng yaxşi töpurari nominatsiyasiga atalgan sovğalar tantanali tarzda topşirildi. 

Ma’lumot uçun, Abduxoliqov mavsum davomida «Energetik-BGU» bilan turnirda 26ta gol va 6ta assistga mualliflik qilib, jamoasining kumuş medallariga ega çiqişiga katta hissa qöşdi.