O‘zbekiston | 12:22 / 15.07.2021
16435
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ikkita diplomli bo‘lib, ish bilan ta'minlanishni istaysizmi?

Foto: Japan Digital University

Buning imkoni bormi, deysizmi? Albatta, bor. O‘zbekistonda ish boshlagan IT-universitet — Japan Digital University  o‘z talabalariga mana shunday imkoniyatni taqdim etadi. Mazkur oliygohda tahsil oluvchi yoshlar kelajak uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini mustahkamlab, IT-muhandislik sohasida jahon miqyosidagi ekspertlarga aylanadilar.

Talabalar universitetni tamomlagach, quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha diplomni qo‘lga kiritishadi:

• dasturchi;

• QA-sinovchi;

• PHP-dasturchi.

Bitta diplom – yaxshi, ikkita bo‘lsa, yana ham yaxshi. Yana ikkinchisi xalqaro toifadagi diplom bo‘lsa. JDU o‘z bitiruvchilariga bir vaqtning o‘zida ikkita oliygoh – Yaponiya universiteti va O‘zbekiston Davlat universitetining diplomini taqdim etadi.

O‘qish davomida talabalar nafaqat eng zarur bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi, balki O‘zbekistonda turib Yaponiyaning nufuzli IT kompaniyalarida onlayn amaliyot bajaradilar. Talabalarga amaliyot davomida maosh ham to‘lanadi.

Eng muhimi, endi siz diplom bilan qayerda ish boshlash haqida bosh qotirmaysiz. JDU o‘z talabalarini yetakchi xorijiy va mahalliy kompaniyalarga ishga joylashtirishni o‘z zimmasiga oladi.

Universitetda grant va qulay to‘lov tizimi mavjud. JDU talabalari uchun 3 turdagi kvotalar taqdim etiladi: 10 kishi uchun grant, «A» va «B» kvotalari.

Batafsil: jdu.uz/tuitionloan-spo

🔹 Grant 10 nafar talabaga beriladi.

🔹«A» kvotasi 40 nafar talabaga ajratiladi. Bunda, asosiy davr uchun o‘qish narxi 12 200 000 so‘mni tashkil qiladi, qolgan miqdorni esa haq to‘lanadigan amaliyot yordamida to‘lashingiz mumkin.

---------------

🔹«B» kvotasi esa 100 nafar talabaga beriladi. Bunda, ASIA ALLIANCE BANK ATB tomonidan JDUʼda o‘qish pulini to‘lash uchun talabalarga imtiyozli shartlar asosida foizsiz kredit taqdim etiladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 18 iyundan 2 avgustga qadar (topshiruvchilar soniga qarab qabul qilish muddati avvalroq yakunlanishi mumkin).

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: jdu.uz

Batafsil ma'lumotlar uchun qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 200 05 95

Japan Digital University – aniq maqsad va katta orzular chinakamiga ushaladigan maskan!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid