Fevral oyida boşlangan «obnal işi» hamon soliq organlari va tadbirkorlar örtasidagi bahslarning muhim mavzusi bölib qolmoqda.
Davlat soliq qömitasi naqdlaştiruvçi firmalar bilan kuraş boşlab, 2021 yil fevral oyida 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yekti zimmasiga 1 trillion söm QQS summasini yuklagan edi. «Obnal işi» soliq reformalari haqida jar solinayotgan davrda eng bahsli vaziyat sifatida tarixda qolmoqda.
«Asaxiy.uz» loyihasi asosçisi, tadbirkor Firuz Allayev «obnal işi» tufayli soliq organi bilan yuzaga kelgan holat, QQS mojarosida boşidan ötkazganlari haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi. Tadbirkor Kun.uz'ga undan 57 million söm soliq asossiz undirilganini ma'lum qildi.
«Soliqçilar dalillarga qaramay, pulni undirdi»
— Sizlarga Buxoro viloyati soliqçilari bilan bölgan muammo haqida yozmoqçiman. Ötgan yili aprelda, karantinda, hamma uyda qamalib qolganda transport muammolariga qaramasdan, internet-dökonlar faoliyat yuritişdi. Xodimlarimizga rahmat, ba'zilari 8 soat emas, 18 soat işlab berişdi.
Öşa vaqtda xodimlarini masofadan işlaşga ötkazgani uçun rasmiy taşkilotlardan biri 200 dona planşet sörab, murojaat qildi. Planşetlarga nisbatan talab oşib ketgan, 200 dona planşet topiş imkoniyati deyarli yöq edi. Şunda biz internet orqali bir planşet sotadigan insonni topdik. U bizga 200 dona planşetni pul ötkaziş yöli bilan sotişga rozi böldi. Undan firmaning ma'lumotlarini olib, soliq saytidan tekşirdik. Firma bazada “yaşil” turibdi, QQS tölovçisi sifatida röyxatdan ötgan. Demak, muammo yöq. Planşetlarni olib, yetkazib berdik va qöyilgan foydadan QQSning özimizga tegişli qismini töladik.
Lekin, yaqinda boşlangan QQS muammosi bizni ham çetlab ötmadi. “Yaşil” röyxatda bölişimizga qaramasdan, öşa şartnoma böyiça bizni kameral nazoratga qöyişdi. Narigi firma QQS tölamagan ekan va uni jazolaş örniga QQS miqdorini bizdan yeçişga qaror qilişibdi.
Buxoro viloyati soliq qömitasiga hisob fakturasi, şartnoma, yuk xati va planşetlarni sotib olgan taşkilotdan ham xatlar taqdim etildi. Vaziyatdan kelib çiqib, özim rasmiy xat bilan Soliq qömitasiga murojaat qildim.
Lekin şunda ham ular öz pozitsiyalarini özgartirişmadi va xohlaganimni qilişimni, baribir pulni yeçişlarini ma'lum qilişdi.












