Kun.uz holatni örganiş maqsadida Foriş tumanida bölib, aholi va mas'ullarga quloq tutdi.

Dastavval, quyidagi savollarga e'tibor qarataylik. Umuman, “Obod qişloq” davlat dasturiga kirgan qişloqlarda nimalar özgarişi kerak? E'tibor qaratiladigan jihatlar nimada? Qanday qişloqlar bu dasturga kiradi, nimalar rejalaştiriladi?
Birinçi navbatda, qişloq aholisining yöl, içimlik suvi, elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj va muammolari, şuningdek, maktab, boğça hamda qişloq vraçlik punktiga e'tibor qaratilişi kerak, şunday emasmi?
Ulardan orsa, maişiy obektlar, savdo dökonlari, hammom-u sartaroşxonalar, sport majmualari qurilişi mumkin. Bu toifa qişloqlarni tanlaşda mahallaning markazdan olisda joylaşgani, odamlarning oğir şaroitda yaşayotgani inobatga olinadi.
Demak, Nurak şunday mahalla bölganki, uşbu dasturga kiritilgan.


Laziz Joniqulov transformatorlar ta'mirtalab bölib qolgani, arzimas şamolga ham elektr energiyasida uzilişlar kuzatilişini ma'lum qildi. Natijada fuqarolarning uyidagi maişiy texnikalar tez-tez yaroqsiz holatga kelib qolayotgan ekan.
Ayniqsa, simyoğoçlar inson hayoti uçun ança xavfli holatda ekaniga guvoh böldik.

Mahalla raisi Keldiyor Ziyotov ham davlat dasturida közda tutilgan bir qator işlarning amalga oşmay qolganini tasdiqladi. Masalan, dasturga asosan mahallada 5 ta transformator almaştirilişi kerak bölgan, amalda uçta örnatilgan. Qişloqqa atigi 39 ta simyoğoç olib kelingan.
Raisning aytişiça, mahallaning aksariyat hududida 70-yillarda qöyilgan simyoğoçlar turibdi, köpi yaroqsiz holga kelib qolgan.
MFY beşta qişloqdan iborat bölib, 9 kilometr asosiy yöl bor. Yölning ma'lum qismiga toş yotqizilgan, yamab çiqilgan va bir kilometrdan ortiq qismi asfalt qilinişi kerak bölsa-da, bu iş bajarilmay qolib ketgan.



















