Ma'lum qilinişiça,  2021 yil 11 iyul kuni soat 14:55larda Qaşqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlaş bölimi navbatçilik qismiga Samarqand-Qarşi yönalişida harakatlanib ketayotgan elektrovoz ayol va ikki nafar bolani urib yuborgani töğrisida xabar kelib tuşgan.

Uşbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida aniqlanişiça, 2021 yil 11 iyul kuni soat 14:30larda 49 ta yuk vagondan iborat yuk poyezdi maşinisti Samarqand-Qarşi yönalişida harakatlanib borayotib, Çiroqçi tumani «Şörbozor» MFY hududidan ötayotganda taxminan 100-150 metr masofada ayol va ikki nafar bolani körib qolgan. Ularga ogohlantiruv signalini çalgan va tormoz bosgan.

Ammo poyezd yaqin masofaga kelganda Çiroqçi tumani, «Şörbozor» MFY, Şörbozor qişloğida yaşovçi fuqaro G.E. ogohlantiruvçi signal berişiga qaramasdan özini va ikki nafar voyaga yetmagan farzandi 2015 yilda tuğilgan Ş.S va 2021 yil martda tuğilgan S.B. bilan poyezd ostiga taşlagan. Oqibatda, ularning uçalasi ham oğir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda Qarşi transport prokurori tomonidan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilişiça, ayolning turmuş örtoği Rossiyada bölgan. Öşa kuni u qaynotasi bilan tortişib qolib, özi va farzandlarining joniga qasd qilgan.