16 iyul kuni Toşkentda davom etayotgan xalqaro konferensiya doirasida Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar taşqi işlar davlat vaziri Sulton ibn Saad al-Mureyhiy bilan uçraşdi.

Vazirlik rasmiy vakilining xabar berişiça, suhbat davomida umumiy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, Abdulaziz Komilov xalqaro konferensiya doirasida Italiya taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vaziri örinbosari Manlio Di Stefano bilan ham uçraşuv ötkazgan.

Muzokaralar davomida Özbekiston-Italiya köp qirrali hamkorligining hozirgi holati va istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.