«Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi doirasida AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod Özbekistonga taşrif buyurdi va tadbir oldidan mahalliy hamda xorijiy OAV vakillari bilan uçraşdi.
Jurnalist Gulnoza Husanova Zalmay Xalilzoddan AQŞ Afğonistondagi harbiy harakatlar uçun 1 trln dollardan ortiq xarajat qilgani, katta qurbonlar berilgani, bugungi kunda Afğonistonning katta qismi «Tolibon» nazoratiga ötgani AQŞning barça sa'y-harakatlarini yöqqa çiqarib qöyayotgani haqida savol berdi.
«20 yil oldingi Afğoniston va bugungi Afğoniston farq qiladi. Har safar Kobulga borganimda buni his qilaman. Ötgan davr davomida Afğonistonda davlat boşqaruvi şakllandi, demokratik institutlar faoliyati yölga qöyildi. «Al-Qoida» taşkiloti yöq qilindi.
Toliblar bilan muzokaralar davomida ular qöşni davlatlarga hujum qilmaslik, Afğoniston hududini AQŞ va uning ittifoqdoşlariga qarşi kuraşuvçi maydonga aylantirmaslikka söz berdilar», – deya javob berdi AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili.














