Joriy yil şu kunga qadar Farğonadan xorijga 232 ming dollarlik uzum eksport qilindi, deya Kun.uz'ga xabar bermoqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot bölimi.
“Vodiy” hamda “Marğilon” taşqi iqtisodiy faoliyati bojxona postlari tarkibida “Eksportga kömaklaşiş markazlari” tomonidan joriy yilda qiymati 232 ming AQŞ dollarilik 220 tonna uzum Qirğiziston, Qozoğiston va Rossiya kabi davlatlarga eksport qilingan.

Viloyatdagi 7 834 gektar uzum boğlaridan 1 498 gektari aynan Oltiariq tumanida joylaşgan bölib, 2021 yilda viloyatda kutilayotgan 153 880 tonna uzum hosilining 43 784 tonnasini ham Oltiariq tumanida yetiştiriş rejalaştirilgan.
2020 yilda viloyatdan qiymati 30,5 million dollarga teng bölgan 28 ming 100 tonna uzum eksport qilingan.

Avvalroq Farğonadan aviareys bilan Janubiy Koreyaga bir kunda 46 tonna gilos eksport qilingani haqida xabar berilgan edi.











