16 iyul kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlini qabul qildi.
Uçraşuvda köp qirrali Özbekiston-Turkiya munosabatlarining dolzarb masalalari körib çiqildi.
Özbekiston rahbari Turkiya bilan munosabatlarning samarali va jadal ruhini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki mamlakat yetakçilarining muntazam muloqoti döstlik va strategik şeriklik riştalarini mustahkamlaş, ikki tomonlama hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitişga xizmat qilmoqda.
Mavlud Çovuşöğli Özbekiston prezidentiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining ikkinçi yiğilişiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Mintaqa kun tartibi, şu jumladan Afğonistondagi vaziyat yuzasidan batafsil fikr almaşildi.
Uşbu mamlakatda mustahkam tinçlikka erişiş va uning iqtisodiyotini tiklaş borasida yaqindan hamkorlik qiliş muhim ekani ta'kidlandi.
Şavkat Mirziyoyev xalqaro konferensiya doirasida Saudiya Arabistoni Podşohligi taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni ham qabul qildi.

Özbekiston rahbari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanayotgani - özaro muloqot faollaşib, ilk yirik investitsiya loyihalari, eng avvalo energetika sohasidagi loyihalar ilgari surilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Vazir Faysal bin Farxon Özbekiston yetakçisiga Podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Saudiya Arabistoniga rasmiy taşrif bilan keliş taklifini yana bir bor tasdiqladi.
Saudiya tomoni Özbekiston prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy boğliqligini kuçaytiriş borasidagi öz vaqtida ilgari surilgan muhim xalqaro taşabbuslarini, şuningdek, Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qilişga körsatilayotgan har tomonlama kömakni yuksak baholaşi va qöllab-quvvatlaşini ta'kidlandi.
















