AOKA Javohir Qudratovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga ta'ziya bildirdi.
“U taşabbuskorligi, mehnatkaşligi, mehribon va samimiyligi bilan jamoadoşlar mehrini qozongan edi.
AOKA jamoasi Javohir Qudratovning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi. Fidoyi inson – Javohir Qudratovning yorqin xotirasi oila a'zolari, yaqinlari va döstlarining qalbida mangu yaşaydi”, – deyiladi agentlik ta'ziyasida.
Qayd etilişiça, Javohir Qudratov 1983 yil 12 noyabrda Şahrisabz tumanida tuğilgan.
U Özbekiston davlat jahon tillari va Özbekiston milliy universitetlarini tamomlagan.
J.Qudratov Toşkent xalqaro radiosi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, “Qaşqadaryo” – “Novosti Kaşkadari” gazetalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlaşga kömaklaşiş markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda boşqa taşkilotlarda faoliyat olib borgan.
2019 yildan buyon Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bölim boşliği sifatida faoliyat körsatayotgan edi.













