BMT boş kotibi örinbosari – Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) ijroçi kotibi Olga Algayerova bilan uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev BMT institutlari bilan keyingi yillarda sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilgan şeriklik jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Taşkilot mamlakatdagi islohotlarga kömaklaşayotgani uçun minnatdorlik bildirildi.
Olga Algayerova Özbekiston prezidentiga BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning salomi va yuksak hurmat-ehtirom sözlarini yetkazdi.

Xalqaro hamjamiyat Özbekiston yetakçisining, şu jumladan Markaziy va Janubiy Osiyo boğliqligini kuçaytiriş böyiça taşabbuslarini keng qöllab-quvvatlayotgani ta'kidlandi.
Ijroçi kotib Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e'lon qiliş böyiça BMT Boş Assambleyasining rezolyutsiyasi qabul qilinganini hamda Özbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun BMT Maxsus komissiyasidagi (SPeKA) raisligini yuksak baholadi.
Uçraşuvda Özbekiston va YeIK örtasida Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş va pandemiya oqibatlarini yengib ötiş borasida, jumladan, iqtisodiyot, savdo va transport, innovatsiyalar, ekologiya va boşqa sohalar böyiça özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Bangladeş Xalq Respublikasi taşqi işlar vaziri Abul Kalom Abdul Möminni ham qabul qildi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Vazir Bangladeş prezidenti Abdul Hamid va boş vaziri Şayx Hasina Vazedning salomini yetkazdi. Özbekiston prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari boğliqligini rivojlantiriş borasidagi taşabbusi qöllab-quvvatlandi.

Almaşinuvlarni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda qöşma loyiha va dasturlarni ilgari suriş orqali amaliy hamkorlikni kengaytirişga e'tibor qaratildi.














