Afğoniston hukumati «Tolibon» harakatini mamlakatda tinçlik örnatilişi uçun hamkorlikka çorlaydi. Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani Toşkentda bölib ötgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ana şunday bayonot bilan çiqdi.

«Biz bahsli masalalarni tegişli tarzda hal qiliş va uruş tahdidini olib taşlaş uçun «Tolibon»ni Afğoniston hukumati bilan hamkorlik qilişga çaqiramiz», – deya Aşraf Ğanining sözlarini keltirmoqda TASS.

Şu bilan birga, u Kobul hukumati toliblar bilan «yuzma-yuz uçraşuv»ga tayyorligini bildirdi.

Afğoniston prezidenti «mintaqaviy konsensus»ga erişmasdan turib, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştiriş imkoni yöqligini, mamlakatdagi uruş va beqarorlik butun mintaqaga katta ta'sir körsatayotganini aytdi.

«Biz «Tolibon» bilan muzokaralar olib boriş va ularga yon bosmaslik uçun barça çoralardan foydalanyapmiz», – deya qöşimça qildi u.

Aşraf Ğanining aytişiça, aholi rasmiy hukumat qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlamoqda va armiya saflariga köngillilarni yollaş hozirda ösib bormoqda, biroq qiyinçiliklar ham yöq emas. Birinçi katta qiyinçilik – koronavirusning uçinçi tölqini.

Bundan taşqari, Aşraf Ğanining sözlariga köra, AQŞ siyosiy qarorlar doirasida harakatlanmoqda.

«Ular öz harbiy bazalarini köçirişdi, 5000 dan ziyod mahbus va 50 nafar yirik narkosavdogar xalqaro talab asosida qöyib yuborildi. Bularning barçasi odamlarimizni qoçqinlarga aylantirdi, ular tinçroq hayot keçiriş uçun xavfsiz şaharlarga qoçişga harakat qilmoqdalar. «Tolibon» taklif qilgan yagona tanlov – ular tomonga ötiş yoki taslim böliş», – deya uning sözlaridan iqtibos keltirdi Gazeta.uz.

Prezidentning qöşimça qilişiça, hozirda mamlakatga Pokistondan köp miqdorda «jihodçi jangarilar»ning kirib kelişi kuzatilmoqda, ular töğridan töğri transmilliy terroristik taşkilotlar bilan boğliq.

«Bundan taşqari, biz xalqaro kuzatuvçilar orasida konsensus holatiga guvoh bölmoqdamiz, ular qöllab-quvvatlaş uçun heç qanday qadam taşlamadilar»,