17 iyul kuni Özbekiston Boş prokuraturasi hay'atining yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yiğilişda boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev ötgan yarim yilda prokuratura organlari tomonidan mamlakatda qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qiliş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilgan işlarga töxtalib ötdi.

Yöldoşevning qayd etişiça, 2021 yilning birinçi yarmida 208 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan. Şuningdek, prokuror tekşirişlari va dastlabki tergov davomida aybdor şaxslardan qariyb 720 mlrd sömlik zarar undirilişi ta'minlangan.

Şu bilan birga, ötgan yarim yilda 9737 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan, 18 676 nafariga muammolarini bartaraf etişda amaliy yordam körsatilgan.

Foto: Boş prokuratura matbuot xizmati
Foto: Boş prokuratura matbuot xizmati

Yiğilişda joylardagi mavjud muammolar, ayrim hududlarda yöl qöyilgan kamçiliklar ham tanqid qilindi. Ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarga har tomonlama kömak beriş, ularni tadbirkorlikka jalb qiliş böyiça belgilangan vazifalar ijrosini sözsiz ta'minlaş zarurligi ta'kidlandi.

Niğmatilla Yöldoşev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga oid dasturlar, şu jumladan, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi ahvoliga e'tibor qaratib, uşbu dasturlarning ijrosini ta'minlaş böyiça alohida ştab va işçi guruhlar faoliyati “Budjet nazorati” elektron dasturi orqali kunlik monitoring qilib borilayotgani, bu borada töla nazorat örnatilganini bildirdi.

Foto: Boş prokuratura matbuot xizmati

Hay'at yiğilişida “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari böyiça ajratilgan mablağlarni talon-toroj qilişning oldini oliş böyiça prokuratura organlari zimmasiga katta mas'uliyat va javobgarlik yuklatilgani mas'ullarga yana bir bor eslatilgan.