Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda 1 milliondan ortiq fuqaro koronavirusga qarşi töliq emlangani haqida xabar berdi.
17 iyulda mamlakat hududlari böylab 124 179 doza COVID-19ga qarşi vaksina qöllandi. Şundan:
- 1-bosqiç emlanganlar 98 702 nafarni,
- 2-bosqiç emlanganlar 14 518 nafarni,
- 3-bosqiç emlanganlar 10 959 nafarni taşkil qildi.
Ayni kungaça mamlakatda jami 5 645 153 doza vaksinadan foydalanildi. Şundan:
- 1-bosqiç emlanganlar 3 544 032 nafarni,
- 2-bosqiçda emlanganlar 1 534 789 nafarni,
- 3-bosqiç emlanganlar 566 332 nafarni taşkil qildi.
Şu kungaça töliq emlangan fuqarolar 1 007 993 nafarni taşkil qilmoqda.
17 iyul kunidagi emlaş körsatkiçlari böyiça yuqori örinlarni:
- Farğona viloyati (23 802 doza),
- Namangan viloyati (16 315 doza),
- Samarqand viloyati (11 940 doza) band qildi.
Jami emlaşlar böyiça yuqori körsatkiçlar:
- Farğona viloyatida 730 720 doza,
- Namangan viloyatida 727 124 doza,
- Andijon viloyatida 629 418 dozani taşkil qilmoqda.
Avvalroq Ozarboyjon Özbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yuborgani va mamlakatda jami vaksina zaxirasi 7 million 580 ming dozaga yetgani töğrisida xabar berilgandi.
Avgust oyida «Sputnik V» vaksinasidan 160 ming doza hamda avgust–sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinişi kutilmoqda. Şuningdek, yaqin vaqtlar içida Xitoydan 4 mln doza özbek-xitoy vaksinasi keltiriladi.
Maxsus komissiyaning 17 iyul kungi qaroriga köra, Özbekistonda 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarşi majburan emlanişi belgilangan.













