Tavsiyalar röyxati palata spikeri Nurdinjon Ismoilovning Telegram-kanalida keltirib ötildi:
— karantin çoralarini, şu jumladan, öz xodimlari emlanişini yetarliça ta'minlagan (jamoaviy immunitetga erişgan), taşrif buyuruvçi mijozlarga nisbatan yetarli talablar örnatilgan holda xizmat körsatiş, umumiy ovqatlaniş korxonalariga taalluqli karantin çeklovlarini yengillaştiriş, ya'ni çeklangan muddatdan taşqari vaqtlarda işlaşga ruxsat beriş amaliyotini joriy qiliş;
— öz vaqtida va ixtiyoriy ravişda emlangan xodimlarni iş beruvçilar tomonidan rağbatlantiriş, emlanişni asossiz ravişda rad etgan xodimlarga nisbatan esa mehnat töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilgan çoralarni qöllaş amaliyotini keng joriy etişni tarğib qiliş;
— emlanganlarga nisbatan imtiyoz oliş imkoniyatlarini beriş (iş beruvçi tomonidan mehnat faoliyatiga otgul beriş, ularni moddiy rağbatlantiriş va boşqalar), asossiz ravişda emlanmagan 18 yoşdan yuqori fuqarolarga ayrim çeklovlar örnatişni (sport öyingohlari, konsert, kino va boşqa ommaviy tadbirlarga qöymaslik) joriy etiş masalasini körib çiqiş.
Eslatib ötamiz, 28 iyundan boşlab Özbekistonda umumiy ovqatlaniş şoxobçalarining 08:00dan 20:00gaça işlaşi tartibi örnatilgan.
Karantin çeklovlaridan qiynalayotgan restoratorlar hukumatdan yordam söramoqda













