Rassomning oila a'zolari Berlingske gazetasiga u uyqusida ölib qolganini xabar qilgan. Uning ölimiga uzoq yillik kasallik sabab bölgan.

Kurt Vestergor musulmonlarda norozilik uyğotgan karikatura çizgani bilan tanilgan. U islom olamining oxirzamon payğambari Muhammad (s.a.v)ni öz karikaturasida tasvirlagani uçun butun dunyoda noroziliklarga sabab bölgan. Daniyadagi Jyllands-Posten gazetasida bunday karikaturalardan 12 tasi e'lon qilingan.

Karikaturalar e'lon qilingaç, Daniyadagi musulmonlar keskin norozilik bildiradi. Daniyada odamlarga hujumlar uyuştirişadi, bir neçta teraktning oldi olinadi. Karikaturalar tölqinida yuzaga kelgan butun dunyodagi namoyişlarda 50 dan ortiq odamlar halok böladi. Bir neçta arab davlatlari Daniyadan elçilarini çaqirib oladi, ba'zi musulmon davlatlar Daniya mahsulotlariga boykot e'lon qiladi. 2006 yilga borib Jyllands-Posten gazetasi rasman uzr sörab çiqadi.

Biroq bu vaqtda dunyodagi boşqa gazetalar naşrga birdamlik izhor qiliş uçun karikaturalarni e'lon qilişdan töxtamayotgandi. Ulardan eng maşhuri Fransiyaning Charlie Hebdo satirik jurnali edi. Aynan karikaturalar sabab 2015 yil jurnal tahririyatida terakt uyuştirilib, 12 kişi otib taşlanadi.

Kurt Vestergor uzoq yil katta bosim ostida yaşaşga majbur böladi. Uni bir neça marta öldirişga harakat qilişadi. Keyinçalik hukumat rassom va oilasiga doimiy qöriqçi ajratadi. U ölimiga qadar politsiya nazoratida, uyining manzili sir tutilgan holda yaşaydi. Ba'zi harakatlar Vestergorni öldirganga mukofot ham va'da qilgandi.