BAAga taşrif buyurgan Hindiston fuqarosi Facebook ijtimoiy sahifasidagi Muhammad payğambar (s.a.v.)ning haqoratomuz karikaturalari uçun uç oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Karikatura 2017 yilning sentabrida 34 yoşli hindistonlik tomonidan joylangan. Facebook'dagi post haqida politsiyaga erkakning hamkasbi xabar qilgan. 

Dekabr oyida Dubaydagi birinçi sud instansiyasi Hindiston fuqarosini islom dini va Muhammad payğambar (s.a.v.)ni haqorat qilgani uçun 1,4 ming dollar miqdoridagi jarimaga tortgan edi.

Sudlanuvçi hukmni apelyatsiyaga berdi, biroq sud uning arzini qoniqtirmadi va uni xuddi şu miqdordagi jarima va 3 oylik qamoq jazosiga hukm qildi.

Jazo ötalganidan söng erkak Hindistonga deportatsiya qilinadi.