Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, ayni paytda deputatlar tomonidan muhokama qilinayotgan “Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlaş haqida”gi qonun loyihasida davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda quriliş, rekonstruksiya qiliş va buziş işlarini amalga oşiriş tartibi takomillaştirilişi közda tutilgan.

Qayd etilişiça, Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi tomonidan ikkinçi öqişga tayyorlangan “Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlaş haqida”gi qonun loyihasi muhokamalar jarayonida maromiga yetkazilmoqda.

“Qonun loyihasi bilan binolarni turar joy sifatida tasniflaş, turar joylar va noturar joylar toifasiga ötkaziş, uy-joy fondini hisobga oliş va turar joylarni fonddan çiqariş, davlat uy-joy nazorati, xususiy uy-joy fondining turar joylaridan foydalaniş hamda mulkdorlar huquqlarini himoya qiliş normalari bilan tartibga solinadi. Bundan taşqari, loyihaga uy-joy quriş, köp xonadonli uylarni qayta quriş va qayta rejalaştiriş, fuqarolarni turar joy bilan ta'minlaş, uy-joy kooperativlarini taşkil etiş va kooperativ uylardan turar joy oliş va ulardan foydalaniş böyiça aniq normalar kiritilmoqda. Qonun loyihasini takomillaştirişga qaratilgan takliflar tahlil qilinib, loyihaga singdirilmoqda”, deyiladi quyi palata axborot xizmatining xabarida.

Qömita a'zolarining fikriça, loyihaning qabul qilinişi bilan uy-joy töğrisidagi qonun hujjatlarining töğridan töğri amal qilişi ta'minlanadi, uşbu sohadagi davlat nazorati mexanizmlari örnatiladi.

Rasmiy relizda davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda quriliş, rekonstruksiya qiliş va buziş işlarini amalga oşiriş tartibi yanada takomillaştirilişi ta'kidlangan.

Avvalroq Boş prokuratura boşqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov 2020 yilda buzilgan mulklar böyiça kompensatsiya tölovlaridan qariyb 443 mlrd söm qarzdorlik mavjud bölgani, biroq ötgan yilda bu qarzdorlikning atigi 202 mlrd sömi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilganini aytgandi.

Şu bilan birga, hududiy hokimliklar tomonidan buzilişlar böyiça qabul qilingan 52,6 mlrd sömlik 196 ta qarorlarning 76 tasi yoki 39 foizi böyiça amaldagi tartibga rioya etilmagan.

Noqonuniy qarorlar Andijonda 48 ta, Toşkentda 11, Namanganda 7, Jizzaxda 6, Qoraqalpoğistonda 4, Buxoroda 3 va Qaşqadaryoda 1ta qabul qilingan. Buning oqibatida, respublika böyiça 1 338 ta holatda mulk egalaridan 221,5 mlrd söm qarzdorlik yuzaga kelib, ularning huquq va manfaatlari buzilişiga yöl qöyilgan.

Eslatib ötamiz, Adliya vazirligi boşqarma boşliği Suxrob Yusupov «Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida»gi qonun loyihasida faqatgina «jamoat ehtiyojlari» iborasi qöllanilib, Özbekiston huquq tizimida örnaşib qolgan «davlat va jamoat ehtiyojlari» tuşunçasidan voz keçilayotganini ma'lum qilgandi.

Qolaversa, bundan buyon hokimlar «snos» böyiça qaror çiqariş uçun adliya organlaridan ruxsat olişi talab etiladi.