Samarqand viloyatining Payariq tumanida tadbirkorning mulki sudning hal qiluv qarori kuçga kirmasdan içidagi texnikalari bilan birga buzib taşlandi. Hammasi eskiça usulda: tuman hokimi, prokurori va boşqa mas’ullar manzilga borişgan, avtogreyderni binoga tirab qöyişgan. Hokim haydovçiga “Bos! Tozala!” deya topşiriq bergan. Fuqaroning binodagi texnikalarini olib çiqiş uçun 2 soat vaqt sörab qilgan iltijosi havoda qolgan. Öz mulkini himoya qilişga uringan tadbirkor huquqbuzarga çiqarilib, 10 sutkaga qamab qöyilgan.

Davlat rahbari 2 ta iş örni yaratgan tadbirkorni boşida kötarişini aytayotgan bir paytda joylardagi ayrim rahbarlar tadbirkorni “sindiriş”, mulkiga zarar yetkazişda davom etmoqda. Maqolamiz Payariq tumani hokimi Isroil Jabborov, tuman prokurori Fayzulla Egamqulov va IIB boşliği örinbosarining ana şunday harakatlari haqida. Ular tadbirkorning mulkini bosim ötkaziş orqali sudning hal qiluv qarori hali kuçga kirmay turib noqonuniy tarzda buzdirib taşlaşgan.

Payariq tumani Çoştepa mahallasida yaşovçi Islom Qobilov 2022 yil 12 may kuni notarius tomonidan rasmiylaştirilgan oldi-sotdi şartnomasiga asosan qöşnisidan uy-joy sotib olgan. Turar joy oldi-sotdi şartnomasida yer uçastkasining foydalaniş maydoni 1500 kv.m ekani körsatilgan. Öşa vaqtdagi kadastr hujjatida ham davlat röyxatidan ötkazilgan yer maydoni 1500 kv.m sifatida qayd etilgan.

Oldi-sotdi şartnomasiga asosan 2022 yil 20 mayda yakka tartibda turar joyning kadastr pasporti şakllantirilgan. 2022 yil 17 iyunda Islom Qobilov nomida foydalanişda bölgan 780 kv.m yer maydoni meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qiliş huquqi bilan, 168,84 kv.m quriliş osti maydoni, 275,72 kv.m umumiy foydalanişdagi maydon mulk huquqi bilan davlat röyxatidan ötkazilgan. Mulk otib olingandagi kadastr hujjatida davlat röyxatidan ötkazilgan deb körsatilgan 1500 kv.m yer maydoni negadir keyin 780 kv.m.ga kamayib qolgan.

Sudga köçgan masala

Kadastr agentligi Samarqand viloyati boşqarmasi Payariq tumani hokimligining manfaatida Islom Qobilovga nisbatan özboşimçalik bilan egallangan 0,04 gektar yer maydonida, şundan 200 kv.m qismiga qurilgan qurilişlarni buzdiriş, yer maydonini qaytariş va yerdan majburiy tartibda çiqariş töğrisida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Iş FIB Payariq tuman sudi tomonidan sudya Nurbek Xöjaqulov raisligida körib çiqilgan.