Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan «Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida»gi qonun loyihasida faqatgina «jamoat ehtiyojlari» iborasi qöllanilib, Özbekiston huquq tizimida örnaşib qolgan «davlat va jamoat ehtiyojlari» tuşunçasidan voz keçilmoqda. Bu haqda Milliy matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida Adliya vazirligi boşqarma boşliği Suhrob Yusupov ma'lum qildi.
«Jamoat ehtiyojlari tuşunçasi nima ekanligi aniq va tugal belgilab qöyilmas ekan, uni turliça talqin qiliş, xususiy ehtiyojlarni yoki tijorat ehtiyojlarini jamoat ehtiyoji sifatida talqin qilişga urinişlar bölib turadi. Şu bois, qonun loyihasida yer uçastkalarini jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi mumkin bölgan aniq holatlarning tugal röyxati keltirilib, «boşqa holatlar» kabi mujmal qoidalardan butkul voz keçildi.
Eng muhimi, «investitsiya loyihalarini amalga oşiriş» yer uçastkasini olib qöyiş uçun asos böla olmasligi nazarda tutilmoqda va investor yer uçastkasini olib qöyiş taşabbusi bilan çiqa olmasligi belgilanmoqda», deya Suhrob Yusupovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Loyihaning 5-moddasida yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyişga asos böladigan holatlar keltirilgan bölib ular:
- mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, maxsus iqtisodiy zonalarni taşkil qiliş va ularning faoliyat yuritişi uçun yerlarni beriş;
- Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalaridan kelib çiqadigan majburiyatlarni bajariş;
- foydali qazilma konlarini aniqlaş va qazib çiqariş (keng tarqalgan foydali qazilma konlari bundan mustasno);
- respublika va mahalliy ahamiyatga ega bölgan avtomobil va temir yöllari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obektlari va aviatexnika markazlari, temir yöl transporti obektlari, köpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika va aloqa tizimi muhandislik obektlari va tarmoqlari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini quriş (rekonstruksiya qiliş);
- aholi punktlarining tasdiqlangan boş rejalarini Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobiga obektlar quriş qismida ijro etiş;
















