Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ma’lum qilişiça, bu xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Ayni kunlarda mamlakatda köp qavatli uy-joy fondining seysmik holatini örganiş va baholaş işlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlaş maqsadida profilaktik tarzda amalga oşirilmoqda.

Qayd etilişiça, hozirda heç qanday rasmiy hujjatlarga ega bölmagan bitta obektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida uşbu obekt böyiça belgilangan tartibda tegişli çora-tadbirlar körilgan.

Ayni vaqtda, ommaviy ravişda uy-joylarni buzişga oid heç qanday qaror yoki reja mavjud emas.

"Fuqarolardan işonçsiz manbalar orqali tarqalayotgan asossiz xabarlarga işonmaslik va rasmiy ma’lumotlarga tayaniş söraladi. Yolğon axborot tarqatganlik uçun esa qonunçilikda javobgarlik belgilanganini eslatib ötamiz", deyiladi vazirlik xabarida.